Jahon | 20:28 / 20.10.2016
10750
3 daqiqa o‘qiladi

G‘arb nashrlari rus kemasini Suriyaga ketuvchi suv osti internet-kabeliga hujumda gumon qilmoqda

Xorijiy OAV Rossiyaning okeanografik kemasi "Yantar"ni Kipr oroli bilan Suriyani O‘rta Yer dengizi orqali bog‘lovchi internet-kabel bilan manipulyatsiyalar amalga oshirganlikda gumon qilmoqda. Biroq The Register britan nashrining fikricha, bunday hujumlar Rossiya uchun be'manodir.

Oktyabr o‘rtasida g‘arb blogerlari va Motherboard portali ikkita batiskaf bilan jihozlangan "Yantar" dengiz ostidan Suriyaning Tartus shahriga ketuvchi UGARIT kabeli yaqinida suzib yurganini aniqlashgan.

Motherboad jurnalistlari bu borada AQShning veb-monitoring bilan shug‘ullanuvchi Dyn kompaniyasi bilan bog‘lanishganda, kompaniya vakillari Suriyada oxirgi haftalarda internet o‘chib qolishi holatlari tez-tez yuz berayotganini tasdiqlashgan. 

Biroq The Register portali Dyn raqobatchisi Akamai kompaniyasiga murojaat qilganda, Akamai Suriya orqali trafik odatdagidek ketayotgani va tashqi aralashuvlarning hech qanday alomati payqalmaganini ma'lum qilgan.  

The Register‘ning ta'kidlashicha, Rossiya bunday "qing‘irliklar" bilan shug‘ullanmasligining yana bir necha sababi bor. Misol uchun, bunday kuchli internet-kabelni kesib tashlashga urinishdan yon-atrofda bo‘lgan barcha tok urishdan halok bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun avval kabeldagi kuchli himoyaning bir necha qatlamidan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Nashrning aytishicha, agar Rossiya kabelni uzib tashlamoqchi bo‘lganda, o‘z odamlarini xavfga qo‘ymay, buni quruqlikda ham qilishi mumkin edi. 

18 oktabrda Suriyaning Syrian Telecom davlat kompaniyasi 19 oktabrdan boshlab mamlakatda 10 kunga internet tarmog‘ining 60 foizi o‘chirilishini ma'lum qilgan, biroq buning sabablarini keltirmagan. Dyn kompaniyasida ta'kidlanishicha, bu "kabeldagi ta'mirlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin". 

Rasman "Yantar" okeanografik kema bo‘lib, 6,2 km chuqurlikkacha sho‘ng‘iy oluvchi ikkita batiskafga ega. 

 

Mavzuga oid