Sport | 08:26 / 25.10.2016
6942
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko jarohat olgani sababli navbatdagi jangga tusha olmaydi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko jarohat oldi va uning IBF chempioni Entoni Joshua bilan 10 dekabrda WBA chempionlik kamari uchun kechadigan jangi bo‘lib o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda ESPN xabar berdi.  

Jarohat sabablari aniq emas, biroq ba'zi manbalar bokschi boldiridan jarohat olganini aytishmoqda. Biroq shunga qaramay, Klichko va Joshua jangi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Klichko va Joshua vakillari jangni 2017 yil bahorida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.

Joshua shunga qaramay, 10 dekabrda navbatdagi jangini o‘tkazadi, so‘ngra esa WBA’dan tegishli ruxsat olingandan so‘ng Klichkoga qarshi ringga chiqadi.

 

Mavzuga oid