Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple savdolari 15 yilda ilk marta tushib ketdi
Foto: REUTERS
2016 moliya yili IV choragi natijalariga ko‘ra, Apple korporatsiyasining pul tushumi yillik hisobda 9 foizga tushib, 46,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning hisobotida shu haqda ma'lum qilingan. Bundan tashqari, Apple sof daromadi 19 foizga kamayib, 9 mlrd dollardan iborat bo‘lgan. Ya'ni, har bir aksiya 1,67 dollar foyda keltirgan.
Kompaniya IV chorakda jami 28,1 mlrd dollarlik 45,5 mln dona iPhone sotgan. Bu ko‘rsatkich 2015 yilning shu davri bilan qiyoslaganda son jihatidan 5 foizga, daromad bo‘yicha 13 foizga kamdir. Apple o‘tgan 3 oy mobaynida 5,7 mlrd dollarlik 4,9 mln dona Mac kompyuterlarini sotgani ma'lum qilingan.
iPad planshetlarining savdosi ham 6 foizga pasayib, 9,8 mlnta o‘rniga 9,2 mln dona qurilma mijozlarga yetkazilgan. Ammo, planshetlardan tushgan daromad deyarli o‘zgarmagan va 4,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
CNN telekanalining xabar qilishicha, Apple korporatsiyasining savdosi 2001 yildan beri ilk marotaba pasayishni qayd etgan.
Mavzuga oid
22:37 / 29.03.2026
Xiaomi yangi arzon smartfonini taqdim etdi
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026