Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
Apple kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan iPhone 18 Pro smartfoniga oid maxfiy materiallar internetda tarqaldi. Sizdirilgan ma’lumotlar orasida qurilmaning krash-test videolari, texnik hujjatlari, elektron platalar chizmalari hamda komponentlar yetkazib beruvchilari haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu materiallar Appleʼning Hindistondagi pudratchisi — Tata Electronics kompaniyasiga qilingan kiberhujum oqibatida internetga tarqalgan.
Hakerlar guruhi World Leaks kompaniya serverlaridan 200 mingdan ortiq faylni qo‘lga kiritib, ochiq tarmoqqa joylagan. Ular orasida iPhone 18 Proʻning platasi chizmalari, akkumulyator elementlari haqidagi texnik ma’lumotlar va Apple bilan hamkorlik qiluvchi komponent yetkazib beruvchilar ro‘yxati ham bor.
Shuningdek, hakerlar tomonidan tarqatilgan arxivda Tesla, TSMC va Qualcomm kompaniyalariga oid ayrim hujjatlar ham mavjudligi aytilmoqda.
Sizdirilgan videolar avval ijtimoiy tarmoqdagi X platformasida e’lon qilingan. Unda kumush rangli korpusga va uchta kamerali asosiy modulga ega iPhone 18 Pro turli mustahkamlik sinovlaridan o‘tkazilayotgani aks etgan.
Biroq videolar ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan. Shuningdek, ularni birinchi bo‘lib e’lon qilgan @evleaks akkaunti ham X tomonidan bloklangan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Apple odatda turli insayderlik ma’lumotlariga nisbatan ochiq munosabat bildirmaydi. Ammo bu galgi sizdirish kompaniya uchun ancha jiddiy hisoblanmoqda. Chunki internetga oddiy mish-mishlar emas, balki haqiqiy texnik hujjatlar chiqib ketgan.
Xususan, ularda smartfonning platasi chiplari, akkumulyator tizimi va Apple odatda maxfiy saqlaydigan ta’minot zanjiri ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Tata Electronics kompaniyasi ham kiberhujum sodir bo‘lganini tasdiqladi. Kompaniya vakillarining bildirishicha, hodisadan keyin ichki axborot tizimlariga masofaviy kirish cheklangan, shuningdek, voqeani o‘rganish uchun mustaqil kiberxavfsizlik mutaxassislari jalb etilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026