Jahon | 23:19 / 26.10.2016
5723
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq prezidenti spirtli ichimliklar sotish haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Foto: RIA

Iroq prezidenti Fuad Masum mamlakat parlamentini mahalliy savdo haqidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Qonunga bevosita ovoz berishdan oldin Iroq bo‘ylab spirtli ichimlik ishlab chiqarish va sotishni taqiqlash bandi kiritilgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Masumning aytishicha, qonun yuzasidan "turli din va diniy ta'limotlar fuqarolarining erkinliklari va huquqlarini hurmat qilgan holda" yangi ovoz berish o‘tkazish lozim. 

Uning ta'kidlashicha, bandning bevosita ovoz berishdan avval, hech qanday qo‘shimcha muhokamasiz kiritilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bu Iroq deputatlarining avvalgi uslublariga o‘xshamaydi.

Parlament tomonidan to‘satdan qabul qilingan spirtli ichimliklarga taqiqlov Iroq jamiyatida muhokamalar nishoniga aylandi. Qonunga qarshi chiquvchilar musulmon bo‘lmagan fuqarolarning Iroq konstitutsiyasi tomonidan mustahkamlangan huquqlari tahqirlanayotganini, tarafdorlari esa konstitutsiya bunday taqiqlovni oqlashini aytishgan.

 

Mavzuga oid