Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Pentagon 20 yil ichida yo‘q qurol uchun 60 mlrd dollar sarflagan
Foto: © AFP
AQSh mudofaa vazirligi oxirgi 20 yil ichida oxir-oqibat yaratilmagan qurol tizimlari uchun kamida 58 mlrd dollar sarflagan. Bu haqda Washington Examiner xabar bermoqda.
AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Frenk Kendall hisobotida qurol yaratishning 23 ta qimmatbaho dasturi haqida ma'lum qilingan. Bu dasturlar boshlangan va moliyalashtirilgan, biroq keyin yopilgan.
Eng qimmatbaho va maqsadga muvofiq bo‘lmagan loyihalar AQSh kelajak jangovar tizimini va RAH-66 Comanche ko‘p maqsadli razvedka-zarba beruvchi vertolyotini yaratish bo‘lgan. Ularga umumiy hisobda 30 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ketgan.
Pentagon vakillari barcha mablag‘ bekorga sarflanmaganini, chunki dastur yopilsa-da, u davomida yaratilgan texnologiyadan boshqa qurol tizimlarida foydalanilishi mumkinligini aytishgan.
Mavzuga oid
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
20:27 / 14.01.2026