AQŞ harbiy rahbariyatining bayonotiga köra, mamlakat kuçlari Eron osmonida havo ustunligiga erişgan. General Den Keyn Pentagondagi matbuot anjumanida “havoda nazorat” nafaqat mintaqadagi amerikalik harbiylarning himoyasini kuçaytirişini, balki operatsiyalarni uzluksiz davom ettiriş imkonini ham berişiga urğu berdi.

“Havo ustunligi kuçlarimizni himoya qiladi va ularga Eron hududi ustida operatsiyalarni davom ettiriş imkonini yaratadi”, — dedi u.

Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlar savollariga javoban hozirgi bosqiçda Eronga quruqlik qöşinlari kiritiş rejasi yöqligini bildirdi. Şu bilan birga, u AQŞ prinsipial jihatdan barça variantlarni oçiq qoldirayotganini ta’kidladi.

“Prezident Donald Tramp duşmanlarimizga aniq signal yubormoqda: Qöşma Ştatlar zarur bölsa, qança kerak bölsa, şunça uzoqqa boradi”, — dedi Hegset.

Biroq u Afğonistondagi 20 yillik harbiy amaliyotga işora qilib, “200 ming harbiy yuborib, 20 yil qolib ketiş şart emas”, deya ta’kidladi. Uning sözlariga köra, AQŞ zamonaviy harbiy imkoniyatlar orqali öz maqsadlariga “ahmoqona xatolar qilmasdan” ham erişa oladi.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi amaliyoti bir neça kundan beri davom etmoqda. Vaşington Tehronning yadroviy dasturi va raketa salohiyatini yöq qilişni maqsad qilganini bildirmoqda. Eron esa javob zarbalari berişini aytgan va mintaqadagi bir qator nişonlarga hujumlar amalga oşirgan.

Havo ustunligi haqidagi bayonot AQŞ operatsiyasi yangi bosqiçga ötganini anglatişi mumkin. Şu bilan birga, rasmiylar hozirça mojaroni keng kölamli quruqlik uruşiga aylantiriş niyati yöqligini ta’kidlamoqda.