Sport | 19:44 / 27.10.2016
11766
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Yemelyanenko 28 oktabr kuni ozodlikka chiqadi

Foto: © RIA Novosti

Aralash janglar san'ati (MMA) vakili bo‘lmish rossiyalik jangchi Aleksandr Yemelyanenkoning vakili Oleg Rayevskiyning ma'lum qilishicha, sportchi 28 oktabr kuni muddatdan oldin ozodlikka chiqariladi. Bu haqda «Chempionat.com» xabar bermoqda.

Avvalroq 2015 yilda 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 50 ming rubl jarimaga tortilgan kichik Yemelyanenko 27 oktabr kuni ozodlikka chiqishi haqda ma'lum qilingan edi.

35 yashar Aleksandr rossiyalik sportchi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid