Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Britaniyada mahsulotlariga narxni 20 foizga oshirdi
Apple kompaniyasi ba'zi mahsulotlari narxini Buyuk Britaniyada ogohlantirishsiz 20 foizga oshirdi. Bu Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish qaroridan keyin funt sterlingning kuchsizlanishini qoplash maqsadida qilingan, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Narx ko‘tarilishi iMac kompyuterlari va MacBook noutbkulariga taalluqli bo‘ldi. Bu qurilmalar bir necha funt sterlingga qimmatlagan.
27 oktabrda taqdim qilingan 13 dyuymli MacBook Pro endilikda Buyuk Britaniyada 1 ming 449 funt turadi, vaholanki AQShda uning narxi 1 ming 499 dollarni (1 232 funt sterling) tashkil qilmoqda.
Iyundagi Brexit bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin funt sterling dollarga nisbatan 18 foizga qadrsizlandi va shu sababli tahlilchilar turli mahsulotlarga narxlarning oshishini bashorat qilmoqdalar, bu esa britaniyaliklarning real daromadlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:11 / 30.06.2026