Jahon | 23:10 / 29.10.2016
7858
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Suriya ixtilofining harbiy yechimi yo‘qligini aytdi

Foto: president.ir

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi boshlig‘i Federika Mogerini bilan uchrashuv davomida Suriya ixtilofining harbiy yechimi yo‘qligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Hamma bilishi kerak, Suriya masalasining harbiy yechimi yo‘q. Muammoni siyosiy yo‘llar bilan hal qilish kerak va Yevropa Ittifoqining Suriyada xavfsizlik va osoyishtalikni qaror toptirishda mintaqadagi boshqa davlatlar bilan ishtirokini faollashtirishi o‘z ta'sirini ko‘rsatadi", deb aytdi Ruhoniy.   

Ruhoniy Yevropa Ittifoqini rahbariyati terrorchilik tashkilotlariga homiylik qiluvchi davlatlarga bosim o‘tkazishga chaqirdi.    

 

Mavzuga oid