Jamiyat | 18:23 / 30.10.2016
9342
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda kapsulalardan iborat ilk mehmonxona ochildi

© FOTO / NURBeK ABDYGULOV

Bishkekda odatiy apartamentlar o‘rniga kapsulalar bo‘lgan mehmonxona ochildi. Bu haqida Sputnik nashri xabar berdi

Ushbu mehmonxonaning eng o‘ziga xos jihati - u yerda odatiy xonalar o‘rniga 1,5X2 metr o‘lchamli kapsulalar xizmatga shay. 

Mehmonxona ma'muri Nurbek Abdigulovning so‘zlariga ko‘ra, u yerda umumiy hisobda 21ta bir o‘rinli kapsulalar mavjud. 

"Oshxona va hojatxona umumiy. Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun alohida shkafchalar bor. Har bir kapsulada — kichik televizor va Wi-Fi mavjud", - deydi Abdigulov. 

Mehmonxona 24 soat xizmat ko‘rsatadi. 

© FOTO / NURBeK ABDYGULOV   
© FOTO / NURBeK ABDYGULOV   
© FOTO / NURBeK ABDYGULOV   
© FOTO / NURBeK ABDYGULOV   
© FOTO / NURBeK ABDYGULOV   

 

Mavzuga oid