Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
National Geographic muqovasidagi "Afg‘on Mona Lizasi" garov puli evaziga qo‘yib yuboriladi
National Geographic jurnali muqovasidagi fotoportreti orqali tanilgan, Pokiston hukumati tomonidan soxta hujjatlardan foydalanganligi uchun hibsga olingan afg‘onistonlik qochqin Sharbat Gula garov puli evaziga qo‘yib yuboriladigan bo‘ldi. Bu haqida Pokiston ichki ishlar vazirligi rahbarining ma'lumotiga asoslanib, Hama Press agentligi xabar berdi.
Sharbat Gula o‘tgan hafta Pokistondagi uyida qo‘lga olingan edi, hukumat uning bu yerda noqonuniy yashab kelganligini gumon qilmoqda. Undan shaxsini tasdiqlovchi Afg‘oniston va Pokiston hujjatlari tortib olingan. Ayolga 14 yillik qamoq jazosi tahdid solayotgan edi.
"O‘ylashimcha, bu ishni qayta ko‘rib chiqaman, chunki u ayol kishi va biz bunga insoniylikdan chetga chiqmagan holda munosabatda bo‘lishimiz kerak", - dedi Pokiston ichki ishlar vaziri Choudri Nisar Ali Xon.
"Agar biz unga qo‘yilgan ayblovni bekor qilib, uni deportatsiya qilsak yoki Pokistonni tark etishi uchun unga vaqtinchalik viza bersak, u holda ayolga soxta hujjatlar bergan amaldorlarga qarshi ish ochishga to‘g‘ri keladi. Haqiqiy jinoyatchi aslida - ular, shu bois men ularning jazosiz qolishini istamayman", - deya qo‘shimcha qildi vazir.
1985 yilda National Geographic jurnali muqovasida surati chop etilgandan keyin Sharbat Gulani jahon taniy boshladi. "Afg‘on qizi"ning surati Afg‘onistondagi qochqinlar lagerida jurnalist Stiv Makkarri tomonidan olingan. O‘sha paytlar Gula taxminan 12 yoshda bo‘lgan. National Geographic muqovasida paydo bo‘lgan suratni ba'zan Leonardo da Vinchining "Mona Liza"siga qiyoslashadi va "Afg‘on Mona Lizasi", deb atashadi.
Mavzuga oid
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
11:01 / 26.01.2024
O‘zbekiston National Geographic Traveler Readers’ Awards mukofotiga da’vogarlik qilyapti
23:25 / 04.02.2023
«Titanik» filmidagi Jyekning tirik qolish imkoniyati bo‘lgani aytildi
23:41 / 20.11.2019