Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
National Geographic sayyoramizning tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylarini ma'lum qildi
National Geographic nashri sayyoramizning 2020 yilda borish tavsiya etiladigan 25 ta eng jozibador joyini tanladi. Yo‘nalishlar bir necha toifa bo‘yicha bo‘lingan: madaniyat, shaharlar, tabiat va sarguzasht.
Eng qiziqarli joylar ro‘yxatini tuzishda nashrning bosh ofisi o‘zining butun dunyodagi muharrirlari bilan hamkorlikda ishlagan.
“Bundan tashqari, biz fotosuratchilar, yozuvchilar, tadqiqotchilar va eng “ashaddiy” sayohatchilarni jalb qildik. Ular 2020 yilda borish va o‘z ko‘zi bilan ko‘rish kerak bo‘lgan eng muhim joylar haqida ma'lumot berishdi”, deb aytgan nashrning bosh muharriri Jorj Stoun.
Quyida ro‘yxatga kiritilgan joylar nomlari keltirilgan.
“Madaniyat” toifasida tashrif uchun eng yaxshi joylar:
Asturiya (Ispaniya);
Guychjou provinsiyasi (Xitoy);
Gebekli-Tepe ibodatxonalar tepaligi (Turkiya);
Mayya madaniyati joylari (Gvatemala);
Mendosa provinsiyasi (Argentina);
Abu-Simbal qoyasi (Misr).
Eng yaxshi shaharlar:
Filadelfiya (AQSh);
Telch (Chexiya);
Fort Kochi, Kerala shtati (Hindiston);
Mostar (Bosniya va Gersegovina);
Parma (Italiya);
Puebla (Meksika).
“Tabiat” toifasi:
Il de la Madlen arxipelagi, Kvebek (Kanada);
Kalaxari cho‘li (Botsvana);
Beloveja o‘rmoni (Belarus);
Ko‘k yo‘nalish (Vengriya);
Kanar orollari (Ispaniya);
Maldiv orollari;
Grand Kanon milliy bog‘i, Arizona (SShA).
Sarguzasht izlovchilar uchun eng yaxshi joylar:
Tasmaniya (Avstraliya);
Grosglokner baland tog‘ yo‘li (Avstriya);
Uels yo‘li turistik yo‘nalishi (Britaniya);
Toxoku (Yaponiya);
Kamchatka yarimoroli (Rossiya);
Zakuma milliy bog‘i (Chad).
Mavzuga oid
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
10:45 / 07.02.2026
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
10:47 / 17.01.2026