Jamiyat | 18:40 / 01.11.2016
5191
1 daqiqa o‘qiladi

Samolyot komandiri parvoz vaqtida sevgan qizining qo‘lini so‘radi

Foto: © Qantas

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti komandiri parvoz vaqtida o‘z sevgilisining qo‘lini so‘radi. Bu haqda aviakompaniyaning Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan videorolikdan bilib olish mumkin. 

Daily Mail nashrining aniqlik kiritishicha, kapitan Duli Ellis o‘z sevgilisining qo‘lini Melburn — Los-Anjyeles parvozi vaqtida so‘ragan. Yo‘lovchilarga murojaat qiluvchi mikrafon orqali u ushbu ishni amalga oshirgan.

Erkak mikrafon orqali qizdan uning rafiqasi bo‘lishini so‘ragan va shundan so‘ng, uchuvchilar kabinasidan qo‘lida gulli buket va nikoh uzugi joylashtirilgan quticha bilan chiqib kelgan. Qiz uchuvchining taklifiga rozi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid