Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» ingliz jamoalari 18 yildan buyon uddalay olmagan ishni uddaladi
«Manchester Siti» «Barselona»ga qarshi YeChLning 4-turi doirasida kechgan o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning 2ta goliga Ilkay Gundo‘g‘an, yana biriga Kevin De Bryoyne mualliflik qildi.
Qayd etish kerakki, «Barselona»ga YeChL guruh bosqichida oxirgi marta 3ta gol urgan ingliz jamoasi «Manchester Yunayted» bo‘lgandi. 1998/99 yilgi mavsumda klublar Ispaniyada kechgan o‘yinda— 3:3 hisobini qayd etgandi. O‘sha mavsum yakunida «MYu» turnir g‘olibligiga erishgan.
Shu tariqa, «Manchester Siti» ingliz jamoalari 18 yildan buyon uddalay olmagan ishni uddaladi.
Shu bilan birga «Barselona» 12 yil avvalgi antirekordni takrorladi. «Barselona» YeChL guruh bosqichida so‘nggi marta 2004 yilda ikkita to‘p farqi bilan yutqazgandi. O‘shanda ispanlar Donetskning «Shaxtyor» klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026