Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishi yakunida qator hujjatlar imzolandi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Bishkekdagi yig‘ilish yakunlariga ko‘ra qator hujjatlarni imzoladi.
RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, jami bo‘lib o‘nga yaqin qaror qabul qilingan. Ular orasidan tashkilotga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish haqida ShHT kotibiyati hisoboti haqidagi qaror, ShHT byudjyetining 2015 yilda bajarilishi natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobot, 2017 yil byudjyeti, tashkilotning doimiy amaldagi organlari tashqi auditini o‘tkazish bo‘yicha ShHTga a'zo davlatlar tashqi auditorlar komissiyasining ma'ruzasi haqidagi qaror kabi hujjatlar o‘rin oldi.
Shuningdek, ShHT taraqqiyot banki va ShHT taraqqiyot fondini tashkil qilish bo‘yicha kelgusidagi ishlar haqidagi hujjat, ShHTning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyihaviy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati haqidagi qaror, 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi haqidagi hujjatlar imzolangan.
Bundan tashqari, ShHT yo‘llarini rivojlantirish dasturi loyihasi haqidagi qaror ham imzolandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston nomidan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025
Bishkekda zilzila sodir bo‘ldi
20:58 / 19.08.2025