Jahon | 22:00 / 03.11.2016
7222
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina yangi metodlar bo‘yicha gaz olishni boshlaydi

Foto: TASS

Ukraina freking metodi bo‘yicha gaz olishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

«Ukraina freking metodi bo‘yicha gaz olishni boshlaydi (gaz olish uchun slants gazdan foydalangan holda)», — dedi «Naftogaz» rahbari Andrey Kobolev.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bu metoddan ilk bor bir oy muqaddam foydalanilgan edi. Qazib olish «Naftogaz»ning filiali bo‘lmish «Ukrgazdobycha»da olib borilyapti.
Kobolevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bir yilda qazib olinadigan 20 mlrd kubometr gaz miqdorini 27 mlrd kubometrga yetkazishni rejalashtirgan.

 

Mavzuga oid