Sport | 18:06 / 04.11.2016
13128
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni restlerdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi

Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Tim Vize restlerdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi. Jang videoyozuvi YouTube'dagi Watch News 2 kanalida taqdim etilgan.

34 yashar sobiq futbolchi World Wrestling Entertainment (WWE) kompaniyasi tomonidan Myunxenda o‘tkazilgan shouda ishtirok etgan. U uchga uch qoidasi asosida o‘tkazilgan jangda g‘alaba qozongan. Sobiq futbolchi keyingi chiqishlarida “Mashina” laqabidan foydalanmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid