Intel kompaniyasi Voke virtual reallik ishlab chiqaruvchisini xarid qildi
Intel kompaniyasi Voke'ning VR-dasturini xarid qilmoqda. Bitimning moliyaviy shartlari ma'lum qilinmadi. The Wall Street Journal shu haqida xabar berdi.
Voke — jonli kadrlarga asoslangan, virtual reallik texnologiyasini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kichik kompaniya. VR-ishlab chiqaruvchilarning aksariyati animatsiyani qo‘llashadi. Voke esa TrueVR nomi ostidagi tizimni yaratdi: u tasvirni real vaqtda "ilib olish" va to‘liq mavjudlik hissini paydo qilishga imkon beruvchi dual kameralarning bir necha to‘plami va dasturiy ta'minotini ishlab chiqdi.
Hozirda Voke bir necha ko‘rsatuvlar bilan hamkorlik qilmoqda va basketbol o‘yini hamda modalar namoyishi kabi tadbirlarni translyatsiya qilmoqda.
Kompaniyaning 2004 yilda asos solingan shtab-kvartirasi Kaliforniya shtatidagi Santa-Karla shahrida joylashgan. Xodimlar shtati atigi 20 kishidan iborat. Bundan avval Intel Isroilning 3D-video texnologiyasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Replay Technologies kompaniyasini xarid qilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
14:50 / 23.09.2024
Bloomberg: Apollo Intel'ga milliardlab sarmoya taklif qiladi
19:34 / 17.09.2024