Reuters ma’lumotiga köra, Mask Niderlandiyaning çip işlab çiqariş uskunalari böyiça yetakçi kompaniyasi ASML tadbirida Terafab haqida batafsil ma’lumot berişi kutilmoqda. Loyiha kelajakda Tesla elektromobillari, Optimus humanoid robotlari, sun’iy intellekt tizimlari va SpaceX infratuzilmasi uçun çiplar işlab çiqarişga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinişiça, Terafab Texas ştatida barpo etiladi. Dastlabki bosqiçda tadqiqot va prototiplaştiriş fabrikasi taşkil qilinib, keyinçalik töliq masştabli işlab çiqariş quvvatlari işga tuşiriladi. Loyihaning umumiy qiymati keyingi bosqiçlarda 119 milliard dollargaça yetişi mumkin.

Terafabʼning asosiy maqsadi taşqi çip işlab çiqaruvçilarga qaramlikni kamaytiriş hisoblanadi. Maskning ta’kidlaşiça, uning kompaniyalari uçun sun’iy intellekt va hisoblaş quvvatiga bölgan ehtiyoj hozirgi global çip bozori imkoniyatlaridan ança yuqori. Şu bois Tesla, SpaceX va xAI kelajakda zarur çiplarning katta qismini mustaqil işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.

Loyihada Intel ham iştirok etişi aytilmoqda. Kompaniya Terafab uçun özining yangi avlod 14A texnologik jarayonini taqdim etişi mumkin. Şuningdek, ASML işlab çiqaradigan yuqori texnologiyali litografiya uskunalari ham zavod faoliyati uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Tahlilçilar fikriça, Terafab amalga oşsa, u nafaqat Mask kompaniyalarining ehtiyojini qoplaydi, balki AQŞning yarimötkazgiçlar sohasidagi mustaqilligini kuçaytirişga ham hissa qöşişi mumkin. Ayni paytda loyiha yuqori xarajatlari va texnik murakkabligi sababli texnologik sanoatdagi eng katta taşabbuslardan biri sifatida baholanmoqda.