Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta tortni eslatuvchi bino Shanxay hokimiyatining noroziligiga sabab bo‘ldi
Xitoyning Shanxay shahri hokimiyati Vaytan bo‘yida joylashgan tumandagi katta tort shaklini eslatuvchi binoni buzib tashlashni talab qildi. Bu haqda Shanghaiist nashri yozmoqda.
Sakkiz qavatli uy 1 noyabr kuni mana shunday ko‘rinishga keltirildi. Unda joylashgan kompaniyalardan birining yubileyi munosabati bilan devorlar pushti va oq ranglar bilan bo‘yaldi. Tepa qismiga esa ulkan mevalar o‘rnatildi.
Binoning yangi ko‘rinishi shahar hokimiyati uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ular binoning pushti tort rangga kirishi jiddiy arxitekturali binolarga ega shahar ko‘rkini buzib yuborgan. Shu bois zudlik bilan binoni oldingi holatiga keltirish so‘ralgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, ishchilar chorshanba kechasi binon demontaj qilish ishlariga kirishishgan.




Mavzuga oid
08:18 / 30.03.2026
Arxitekturada yangi trend: matodek mavjlanuvchi shisha fasadlar
21:41 / 12.03.2026
Bosh me’moriy mukofot - Pritsker mukofotini Smilyan Radich oldi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026