Jahon | 11:21 / 04.11.2016
6354
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya parlamenti spikeri o‘rinbosari: «Men hozircha ozodlikdaman»

Foto: Anadolu

Turkiya parlamenti spikeri o‘rinbosari Pervin Buldan Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari bilan birga hibsga olingani haqidagi ma'lumotni rad qildi. Bu haqda Cumhuriyet xabar bergan.

Nashrning qayd etishicha, bu xabar parlament raisi o‘rinbosari Pervin Buldan Anqarada qo‘lga olingani haqidagi xabardan keyinoq chiqdi.

«Men hozircha ozodlikdaman», — degan u jurnalist savoliga javoban.

Reuters agentligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, parlamentning 11 deputati qo‘lga olingan, qo‘lga olinishi kerak bo‘lgan yana 2 deputat xorijda.

Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi Fig‘on Yuksakdog‘ va Salohiddin Demirtosh hibsga olingan.

Hibsga olish ishlari bir vaqtning o‘zida Anqara, Diyorbakir va boshqa shaharlarda olib borilgan.

Butun Turkiya bo‘ylab kurdparast deputatlar hibsga olinmoqda