Butun Turkiya böylab Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari hibsga olinişi bölib ötmoqda. Bu haqda Turkiya içki işlar vazirligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.   

"Prokuratura körsatmalariga muvofiq, politsiya Diyorbakir, Van, Şirnak, Haqqyori va Bingyol viloyatlarida hibsga olişlar ötkazmoqda", deyilmoqda xabarda. Ta'kidlanişiça, ayni vaqtga kelib 11 deputat, jumladan Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi Fiğon Yuksakdoğ va Salohiddin Demirtoş hibsga olindi. Ular "terrorçilik taşviqoti" bilan boğliq jinoyatlar böyiça körsatmalar berişni istamaslikda ayblanmoqdalar. Bundan taşqari, yana bir qança deputatlar hibsga olinmoqda. Ular orasida Ziyo Pir, Gulsar Yildirim va Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi örinbosari Sirri Surayyo Onder ham bor.  

Hurriet gazetasi elektron versiyasining xabar berişiça, Turkiya parlamenti spikeri örinbosari, kurdlarni qöllab-quvvatlovçi, partiyasiz Parvin Buldan ham hibsga olingan.