Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh harbiy xakerlari Kreml qo‘mondonlik tizimiga kirishdi
AQSh harbiy xakerlari Rossiya energiya tizimi, telekommunikatsiya tarmoqlari va Kreml qo‘mondonlik tizimlariga kirishgan. Shu bilan birga, ushbu tarmoq va tizimlar kiberhujumlar uyushtirish uchun moslashtirilgan va zaiflashgan. Bu haqda NBC News telekanali maxfiy ma'lumotlar va Amerika razvedkasidagi yuqori lavozimli mulozimning so‘zlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Telekanalga ko‘ra, AQSh zarur topgan istalgan vaqtda kiberhujumni amalga oshiradi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh shunday hujumga uchragudek bo‘lsagina, javob harakatlari qo‘llaniladi.
Avvalroq, rasmiy Moskva o‘z dasturiy ta'minotlarini AQShdan himoya qilish maqsadida choralar ko‘rayotgani xabar qilingan edi.
Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Jon Kerriga ko‘ra, rossiyalik xakerlarning hujumlariga javob berish ruxsatini prezident Barak Obama beradi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026