Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda aeroport binosi yonida otishma yuz berdi
Foto: AP
Istanbulda Otaturk nomidagi aeroport binosi yonida otishma yuz berdi. Aeroportga kirish yopib qo‘yildi, deb xabar bermoqda mahalliy ma'muriyat va guvohlarga iqtibos keltirgan holda BNO News portali.
Guvohlarning aytishicha, aeroport binosida bir nechta o‘q ovozlari eshitilgan. Huquq-tartibot muassasalari aeroportga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan. Biroq hozirga kelib ular ochib yuborilgan.
Bu orada Reuters axborot agentligi otishmani mototsiklda ketayotgan noma'lum kimsalar to‘xtashdan bosh tortganlaridan keyin politsiyachilar boshlashganini ma'lum qildi. Bir kishi yaralangani ma'lum qilingan.
Keyinroq politsiya ko‘rsatmalariga bo‘ysunishni istamagan taxminiy qoidabuzarlar qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarda qurol yoki portlovchi moddalar aniqlanmagan.
Mavzuga oid
22:19 / 19.04.2026
Ayova universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026