Turkiya janubi-şarqidagi Qahramonmaraş şahridagi örta maktabda otişma röy berdi.

CNN Turk xabariga köra, hujum qilgan şaxs avvaliga maktabning kiriş darvozasi oldida öt oçgan, keyin esa öquv binosiga kirib, otişmani davom ettirgan.

NTV telekanali hodisa oqibatida kamida tört kişi halok bölib, 20 kişi yaralanganini xabar qilgan. Qurbonlardan biri – öqituvçi, uç nafari maktab öquvçilaridir, degan Qahramonmaraş viloyati gubernator Mukarram Unluyer.

Uning sözlariga köra, öquvçi maktabdagi ikkita sinfxonaga kirib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uning nişoni beşinçi sinf öquvçilari bölişgan.

Uning yonida töpponça va yettita öqdon bölgan. U jinoyatni sodir etgaç, öz joniga qasd qilgan.

Yaralanganlarning tört nafari oğir ahvolda ekani aytilmoqda.

Hujum uyuştirgan şaxs şu maktabning sakkizinçi sinf öquvçi bölgan.

Hudud rahbarining qöşimça qilişiça, uning otasi – sobiq politsiyaçi bölib, u otasining qurolidan foydalangani taxmin qilinmoqda.

14 aprel kuni Turkiyaning Şonliurfa viloyati Siverek tumanidagi kasb-hunar va texnika litseyi binosida ham otişma sodir bölgandi. Uşbu holatda ham hujum litseyning sobiq öquvçisi tomonidan sodir etilgan, u litsey binosiga ov miltiği bilan kirib, tartibsiz ravişda öt oçgandi. Hodisa oqibatida 16 kişi yaralangan.