Tereza Mey Brexit jarayoni bo‘yicha yon bermoqchi emas
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentni «xalq qarorini qabul qilish», ya'ni mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishini ma'qullashga chaqirdi. Bu haqda u Hindistonga tashrifi chog‘ida ma'lum qilgan.
U London oliy sudi mamlakatning Yevroittifoqdan chiqish jarayoni parlamentda ovozga qo‘yilishi lozimligi haqida qarorga qaramasdan, Brexit’ga to‘la amal qilishga va'da bergan.
Hukumat sud qaroriga apellyatsiya berdi, dekabr oyi boshlarida shikoyatning ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Mey London oliy sudida apellyatsiya qondirilmasa va hukumat parlament tomonidan Brexit ma'qullanishini kutishga majbur bo‘lsa, Britaniya voqealar rivojining eng yomon variantiga duch kelishi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik tavsiya qilindi
23:42 / 09.07.2021