Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Apple'ning yangi rangdagi iPhone 7 ishlab chiqarish rejasidan xabar topdi
Apple kompaniyasi iPhone 7'ning ranglari safini kengaytiradi va Pure White oq yaltiroq korpusdagi smartfonini ishlab chiqaradi. Bu haqida Macotakare sayti xabar berdi.
Yangi rangdagi qurilmaning ishlab chiqarilishiga Jet Black (tim qora) modeliga talabning yuqoriligi sabab bo‘ldi. Oq rangdagi iPhone 7 qurilmasini sotuvga chiqarish vaqti hozircha noma'lum. Portal tahririyatining ta'kidlashicha, ma'lumot yolg‘on ham bo‘lishi mumkin.
iPhone 4 voqeasini esga olaylik: 2010 yilning iyundagi taqdimotdan 9 oy o‘tib, kompaniya oq korpusdagi smartfonini taqdim etgandi. Ehtimol, iPhone 7 bilan ham shunday bo‘lar. Hozirda iPhone 7 besh xil variantda taqdim etilgan: kumushrang, tillarang, pushti, qora va tim qora ranglarda.
Mavzuga oid
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026