Jahon | 07:30 / 09.11.2016
3559
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning 300dan ortiq kuzatuvchilari AQShda saylov jarayonini kuzatib boradi

Foto: © AP

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE)ning 300dan ortiq  xalqaro kuzatuvchilari  AQShning 34 shtatidagi ovoz berish jarayonini kuzatib bormoqda. Bu haqda YeXHT Demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha byurosining matbuot kotibi Tomas Raymer xabar qildi.

"34 shtatda  YeXHT DIIHB va PA  (Parlament assambleyasi)ning 44 mamlakatdan 301 kuzatuvchisi ishtirok etadi", — deb xabar qiladi Raymer.

Raymer AQShda saylov o‘tishi haqidagi tashkilotning muvaqqat hisoboti 9 noyabrda matbuot anjumanida taqdim etiladi.

AQShda prezidentlik saylovlari 8 noyabr kuni  ikki bosqichli tizimda o‘tkaziladi. Dastavval 50 shtatda alohida umumxalq ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi. G‘alaba uchun  ovoz beruvchilarning 538 ovozidan 270tasi zarurdir. Saylovchilar rasman prezidentlikka nomzodlar uchun 19 dekabr kuni ovoz berishadi, kongress esa saylov natijalarini 2017 yilning 6 yanvarida tasdiqlaydi. Saylangan prezident tantanali ravishda 20 yanvar kuni yangi lavozimga o‘tadi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid