Jamiyat | 19:46 / 09.11.2016
7525
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyada selfi ishqibozi XVIII asr haykalini sindirib qo‘ydi

Foto: CEN

Portugaliyaning Lissabon shahrida joylashgan qadimiy san'at milliy muzeyiga tashrif buyurgan sayyoh selfi olaman deb, XVIII asrga taalluqli haykalni sindirib qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ismi aytilmagan braziliyalik sayyoh Mixail haykali yonida surat olmoqchi bo‘ldi. Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, u omadli kadr olish uchun orqaga yurgan. Biroq u masofani to‘g‘ri olmagan edi, shu bois bexosdan san'at asariga tegib ketgan. Haykal yerga yiqilgan va bo‘laklarga bo‘linib ketgan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlardan biri Nano Migel Rodriges sinib yotgan haykal suratini olgan.

Muzey direktorining o‘rinbosari Xose Karvaloning aytishicha,  bu uning uzoq yillik faoliyatidagi birinchi ana shunday holatdir. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, haykal tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid