Parma yaqinidagi xususiy Fonda Manyani-Rokka muzeyidan maşhur impressionist rassomlarning uçta kartinasi öğirlab ketildi. Politsiya vakili 29 mart, yakşanba kuni italyan ommaviy axborot vositalari tarqatgan öğirlik haqidagi ma’lumotni AFP agentligiga tasdiqladi. Ularning ma’lumotlariga köra, hodisa bir hafta avval — 22 martdan 23 martga ötar keçasi sodir etilgan. Öğirlangan asarlar — Per-Ogyust Renuarning keçki davrga mansub “Baliqlar” asari, Pol Sezannning qalam va akvarelda işlangan “Gilosli natyurmort”i hamda Anri Matissning “Ayvondagi odaliska” akvarelidir.

Xabar qilinişiça, yuzlarini kapyuşon bilan yaşirgan öğrilar kiriş eşigini buzib oçgan va atigi uç daqiqada boğ orqali rassomlar şoh asarlar bilan qoçib ketgan. Manyani-Rokka fondida bu “rejalaştirilgan jinoyat” ekani, biroq “videokuzatuv tizimi hamda politsiya va qöriqlaş xizmati tezkor aralaşuvi tufayli u yanada oğir tus olmagani” aytildi. Öğirlangan asarlarning taxminiy qiymati millionlab yevro bilan baholanmoqda. Hozirda tergov olib borilmoqda.

Pol Sezannning qalam va akvarelda işlangan “Gilosli natyurmort”i

San’atşunos va kolleksioner Luiji Manyani nomi bilan ataluvçi fond uning rassomlik şoh asarlari kolleksiyasini saqlaydi. Unda Tisian, Dyurer, Rubens va Goyya asarlari ham bor. Uşbu xususiy muzey Italiyadagi eng muhim badiiy töplamlardan biri hisoblanadi.

Manyani-Rokka fondi muzeyidan kartinalar öğirlanişi sönggi oylarda san’at olamida sodir etilgan yagona şov-şuvli jinoyat emas. 2025 yil 19 oktyabrda Parijdagi Luvr muzeyidan Fransiya monarxlariga tegişli, umumiy qiymati taxminan 88 million yevro bölgan qimmatbaho taqinçoqlar öğirlab ketilgan edi. Bunda jinoyatçilar qoçayotgan paytda olmos va zumradlar bilan bezatilgan imperatritsa Yevgeniyaning tojini tuşirib yuborgan.

Bu iş böyiça bir neça kişi qölga olingan, ularning ayrimlariga ayblov e’lon qilingan. Biroq taqinçoqlarning özi hozirça topilmagan. Xabarlarga köra, talonçilikdan köp ötmay öğrilar Isroildagi bir firma orqali Luvr bilan muzokaraga kirişişga uringan va öğirlangan buyumlarni pul evaziga qaytarişni taklif qilgan, ammo Fransiya muzeyi rahbariyati bu imkoniyatdan foydalanmagan.

Noyabr oyida internetda göyo Ukraina Milliy korrupsiyaga qarşi byurosi — MKQB tomonidan tasvirga olingan video tarqala boşladi. Unda öğirlangan buyumlar Ukraina milliarderi va prezident Volodimir Zelenskiyning sobiq yaqin hamkori Timur Mindiçning uyidan topilgani aytilgan edi. Mindiç “Energoatom” atrofidagi korrupsiya mojarosiga aralaşgan şaxs sifatida tilga olingan. Biroq DW faktçeki şuni körsatdiki, bu videorolik — feyk bölib, uning bir qismi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan.