Sport | 19:36 / 10.11.2016
10909
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: «Barselona»da o‘ynashim mumkin edi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O Jogo nashriga bergan intervyusida Lissabonning «Sporting» klubida o‘ynagan vaqtida ko‘plab klublarning e'tiboriga tushgani haqida gapirdi.

Futbolchi portugallar jamoasida 2002-2003 yillarda o‘ynagandi. Keyin esa faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettira boshladi.

«Sporting»da o‘ynagan paytimda men bilan ko‘plab klublar qiziqqan. «Barselona» ham meni sotib olmoqchi bo‘lgandi. Shuningdek, «Arsenal», «Inter» va «Valensiya» ham.

«Manchester Yunayted» esa astoydil qiziqqan, bosh murabbiy Aleks Fergyuson men bilan shaxsan gaplashib olgan. Bu kutilmagan voqea va syurpriz bo‘lgan», degan Ronaldu.

Avvalroq, 2003 yilda Ronaldu Fergyuson bilan suhbatlashib olgandan 2 kun o‘tib, «MYu» futbolchisiga aylangani haqida xabarlar chiqqan edi.

Ronaldu 2009 yilda rekord darajadagi transfer orqali «Qirollik klubi» safiga o‘tdi. Bir necha kun oldin u jamoa bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid