Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor
Foto: Reuters
Suriya Arab respublikasi prezidenti maslahatchisi Buseyna Shaaban ma'lum qildiki, rasmiy Damashq agar uning siyosati umidlarni oqlagudek bo‘lsa, AQShning yangi saylangan 45-prezidenti Donald Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Damashq umid qilardik, AQSh Trampning boshqaruvi davrida terrorizmga qarshi kurashda faol bo‘ladi. Agar uning siyosati biz kutgan yo‘sinda kechsa, Damashq AQSh bilan hamkorlik uchun ochiq bo‘ladi. Biz o‘zimizning suverenitetimizni hurmat qiladigan, suriyaliklarning manfaatlari bilan hisoblashadigan va bizning ishlarimizga aralashmaydigan istalgan davlat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», — degan u.
Qayd etilishicha, Shaabanning bayonoti AQShdagi prezidentlik saylovlari natijasiga Suriya tomoni bildirgan ilk munosabat bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
09:45 / 31.03.2026