Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilgacha Buyuk Britaniyadagi barcha ko‘mir elektr stansiyalari yopiladi
Buyuk Britaniya hukumati 2025 yilgacha mamlakatdagi barcha ko‘mir elektr stansiyalarini yopishga qaror qildi. Bu qaror atmosferaga is gazi chiqishi darajasini kamaytirishga qaratilgan. Qarorni qabul qilishdan avval is gazi chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha turli variantlar muhokama qilingan ko‘plab maslahatlashuvlar o‘tkazilgan, biroq natijada Buyuk Britaniyada ishlayotgan 8 ta ko‘mir elektr stansiyasi 2025 yilgacha yopilishi e'lon qilindi.
Mutaxassislarning fikricha, ishlayotgan ko‘mir elektr stansiyalari shundoq ham uzoq vaqtga bormaydi – ularda energiya ishlab chiqarish borgan sari qimmatroq va benaf bo‘lmoqda, investorlar esa yon bosishlarga istamay bormoqdalar va Buyuk Britaniya hukumati kabi borgan sari ko‘proq tiklanuvchi energiya manbalariga e'tiborni qaratmoqdalar. Keyingi 5 yilda tiklanuvchi energetikani qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakat byudjyetidan 730 mln funt sterling ajratish rejalashtirilgan.
Buyuk Britaniyada ishlab chiqariladigan butun elektr energiyaning 8 foizga yaqini shamol elektr stansiyalariga to‘g‘ri kelmoqda, shuning uchun birinchi navbatda aynan shunday elektr stansiyalar rivojlantiriladi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026