Bağrikenglik - dinlar tarixini örganişda muhim omil
|17:22 / 12.11.201639 35513 min
Hozirgi globallaşuv jarayonida diniy bağrikenglik, dinlararo totuvlik, özaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinçligi va taraqqiyoti uçun eng muhim tamoyillardan biri bölib hizmat qiluvçidir. Tarixga nazar taşlaydigan bölsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, öz turmuş tarziga ega bölgan turli dinlarga e'tiqod qiluvçi va bir-biriga öxşaş bölmagan turli xalqlar, millatlar yaşab kelayotgan zamindir desam mubolağa bölmaydi. Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti Islom Karimovning bu xususida quyidagi sözlarini eslab ötiş maqsadga muvofiq deb bilaman. Jumladan; “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan boğlanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbaşariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qöşgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yaşaş, diniy bağrikenglik, dunyoviy bilimlarga intiliş, özga xalqlarning ilğor tajribalari va madaniyatini örganiş kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam” – deb aytganlar.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar qaysi dinga mansub bölişidan qat'iy nazar birgalikda, tinç va osoyişta şaroitda, Yurtimiz ravnaqi uçun faoliyat yuritib, butun jahonga namuna bölayotganligi insonni zavqlantiradi. Alloh taolo buni bardavom qilsin. Respublikamizning boş qomusida Yurtimizda yaşayotgan barça millat vakillari millati, tili, e'tiqodi, ijtimoiy xolatidan qat'iy nazar Özbekiston halqini taşkil qilişi va ularning huquq va manfaatlari, şuningdek e'tiqod erkinligi ta'minlanganligi qayd etilgan. Jumladan; Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga köra, “Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar” deb qayd qilingan. Bu xususida Yurtimizda vijdon erkinligiga doir qonun asoslari yanada takomillaştirilgan, bugungi kunda Vatanimizda turli din vakillarining heç qanday tösiqlarsiz öz dinlariga e'tiqod qilişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Yurtimizdagi diniybağrikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bölib, dunyoviy davlat va dinlar orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Buni jahon tan olmoqda va e'tirof etmoqda.
Istiqlol yillarida erişgan eng katta boyligimiz-xalqimizning tinç va osuda hayotidir. Jamiyatimizdagi özaro hurmat, mehr-oqibat va bağrikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbaşariy qadriyatlarga uyğun yaşaş tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barça millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilmoqda.
Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti Islom Karimov Vatanimiz öz istiqlolini qölga kiritgandan söng oradan köp ötmay aytgan sözlarini eslab ötiş ayni muddaodir. Jumladan: “Bugun ana şu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inşoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloq-odob, ma'rifat yana xonadonimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanişida islomning örni benihoya bölmoqda” deb gapirib ötgan sözlari, diniybağrikenglikning dinlar tarixini örganişda neçoğlik muhim ekanligidan darak beradi.
Mavzuga oid
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda özaro hamjihatlik şaroitida yaşab, Vatanimizni yanada ravnaq toptiriş yölida mehnat qilib kelişmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlaş, ta'lim olişlari, qiziqiş va layoqatlari böyiça kasb-hunar egallaşlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlaş, rivojlantirişlari uçun barça zaruriy şart-şaroitlar yaratib berilgan. Bunday e'tibor natijasida köp millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi.
Insoniyat tarixida kişilar orasidagi teng huquqlikning buzilişiga, özaro ziddiyatlarga, kuçli töqnaşuvlarga va şunga oid insonni ranjitadigan holatlarga sabab bölgan omillardan biri bir – bu turli din vakillarining boşqa dinga e'tiqod va amal qiluvçilarga diniy ayirmaçilik asosida qaraşi, öz diniga bölgan tarafkaşlik tuyğusi, mutaassibligi, özga dindagi kişilarga boşqaça nazar bilan qaraşoari oqibatida bugun dunyoda turli xil inson dilini xufton qiluvçi voqealar, hodisalar bölmoqda. Aynan manaşu hodisalar va razolatlarni oldini oliş uçun ham diniybağrikenglik dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunimizda sodir bölayotgan turli tafovutlardan qat'iy nazar turli din vakillari, teng huquqli ekanlinlari şiori oldinga surilmoqda.
Insoniyat tarixiga nazar taşlasak, islom dini – birinçilardan bölib turli dinlarga e'tiqod qiluvçilarni bir jamiyatda diniybağrikenglik, dinlararo özaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinç-totuv va emin-erkin, teng huquqli tarzda hayot keçirişlari mumkinligi ğoyasini ilgari surdi va uni hayotga tadbiq etib, insonlarni unga tarğib etdi.
Muqaddas dinimizning mötabar manbasi bölgan Qur'oni Karimda barça samoviy dinlar bir özakdan ekani 15 asr oldin e'lon qilgan. Jumladan:
Ya'ni: “Sizlar uçun dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (şuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani şariat qilib: “Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tuşmanglar!”, – dedik. Mazkur oyati karimaga nazar taşlaydigan bölsak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iso (a.s.)larga din yuborgani kabi Payğambarlar sayyidi, közimizni nuri, qalbimizni sururi bölgan zot Muhammad (s.a.v.)ga ham haq din yuborgan. Yuborgan barça payğambarlar Alloh taoloning elçilari, tanlab olgan bandalari ekanligiga işora bölmoqda. Mufassir olimlar Alloh taolo tomonidan yuborilgan payğambarlarga bir xil farmon qilganligini aytib ötganlar. U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tuşmanglar”, -degan buyruqdan iborat bölgan.
Mana şu ma'nodagi oyatlar dunyo dinlari tarixini mukamal örganiş, özaro hamkorlik qiliş, bağrikenglik tamoyillariga asoslanib faoliyat olib borişga zamin yaratdi. Musulmonlarda boşqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik va ğaraz, adovat, nafrat emas, hurmat va bağrikenglik, özaro hamkorlik, inoqlik va boşqa ezgu amallar qaror topdi.
Mantiqan olib qaraganda, turli din vakillarining bir jamiyat, bir hudud, bir muassasa, hatto bir oila a'zolari bölib jamlanişlari tabiiy holdir. Agar ilohiy körsatmalarni inobatga olmasdan hamda dinning mohiyatini töğri tuşunmasdan bu borada turli tafriqaçilikka yöl qöyilsa, jamiyat fuqarolari orasida, şuningdek, bir oilada yaşayotgan qondoş-qarindoşlar örtasida ham parokandalik yuzaga kelişi ehtimoldan xoli emas.
Qur'oni Karimda yana boşqa bir oyati karimada şunday degan:
Ya'ni: “Aytingiz (ey, möminlar!): “Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Işoq, Ya'qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barça) payğambarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik (işondik). Biz ular örtasidan birortasini (payğambar emas deb) ajratib qöymaymiz va biz Unga (Allohga) böyin sunuvçilarmiz”, deb marhamat qilgan.
Muqadas dinimizning mö'tabar manbasi Qur'oni Karimda kelgan diniybağrikenglik hukmlariga amal qilişning yorqin ifodasini Habibimiz, Rasulimiz Muhammad (s.a.v.) hayotlarida körişimiz mumkin.
Payğambar (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlaridan söng uyerdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinç-totuv va jamiyat manfaatlari uçun hamkorlikda yaşaş asoslarini belgilab, unga amal qilib yaşaganlar. Muhammad (s.a.v.) boşqa din vakillari bilan şaxsan yaxşi aloqada bölar, ularga gözal muomala qilar edilar. Jumladan ularga hadyalar berib, ular tomonidan berilgan hadyalarni qabul qilardilar. U zotning boşqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyib yurganlari bir neça hadislarda zikr etiladi. Bu esa diniybağrikenglikka yorqin misol böladi desam aslo hato bölmaydi.
Payğambar (s.a.v.)ning bağrikenglik tamoyiliga amal qilganliklariga misol tarzida quyidagi ma'lumot bilan tanişib çiqsak maqsadga muvofiq böladi. Muhammad (s.a.v.) Habaşistondan kelgan nasroniy mehmonlarni öz masjidlariga tuşirib: “Ular bizning sohiblarimizni hurmat qilgan edilar.men ularni özim ikrom qilişni xuş köraman”, – deb şaxsan özlari ularga xizmat qilganliklari islom tarixini yorituvçi asl manbalarda zikr qilingan.
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning bu baradagi bir neçta hadislarida insonning qaysi dinga mansubligidan qat'iy nazar, avvalo, uning insonligi uçun insoniylik nuqtai nazaridan hurmat qiliş lozimligi ta'kidlanadi. Jumladan: Abdurahmon Abu Laylo rivoyat qiladilar: “Sahl ibn Nanif va Qays ibn Sa'd Qodisiyada ötirişgan edi, yonlaridan bir mayyitning tobutini kötarib ötdilar. Şunda ikkovlari örinlaridan turişdi. Buni körganlar ulardan: “Bu mayyit zimmiylardan-ku?!”–deyişdi. Şunda ular bunday deb javob qildilar: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)ning yonlaridan bir mayyitning tobutini kötarib ötib qoldilar. Şunda u zot örinlaridan turdilar. Keyin uning yahudiy ekanini aytişdi. Rasululloh (s.a.v.): “U ruh emasmi?!” – dedilar”.
Hayotdagi barça şar'iy masalalarda ham turli din vakillari bilan yaxşi muomalada böliş, ularning ziyofat va marosimlarida qatnaşiş, söygan jonliqlarini yeyiş, xatto ayollariga uylaniş şar'an ruxsat berilgan amallardan hisoblanadi. Bu borada fiqhiy kitoblarimizda kerakligiça muolaja qilingan va xulosalar berilgan.
Payğambar Muhammad (a.s.v.) vafotlaridan keyin ham, u Zot boşlab bergan (diniybağrikenglik, dinlararo hamkorlik, özaro muloqot) boşqa din vakillari bilan yaxşi muomalada böliş an'anasi uzviy va izçil tarzda davom ettirildi. Masalan, Hazrati Umar (r.a.)ning davrlarida fath qilingan ölkadagi Iliyo ahli nasroniylariga özlari söraganidan ham köproq imkoniyatlar berganlar. Şunda nasorolar patriarxi hazrati Umar (r.a.)ga öşa yerning boş kanisasida asr namozini öqib olişi mumkinligini bildirganida: “Men bu yerda namoz öqisam, keyin boşqa musumonlar ham Umar namoz öqigan joyda biz ham namoz öqiymiz, deya sizlarni bezovta qiladilar”, – deb u yerda namoz öqimaganlar. Mana bu ham bağrikenglikning hayotdagi va turli dinlar örtasidagi totuvlik tamoyili ekanligini isbotlovçi omildir.
Ğarblik dinşunos (tarixçilar)dan Mark Says Horun ar-Raşid davridagi bağrikenglikni şunday izohlagan: “Masihiylar, butparastlar, yahudylar va musulmonlar bab-barobar hukumat hizmatida işlar edilar”, deb yozganligini gapirib ötişimiz ham foydalikdir.
Tarixga nazar taşlab uni örganadigan bölsak, Xalifa Ma'mun öz “Akademiyasi”ga turli din va mazhab sohiblari bölgan olimlarin töplagan, “Ilmdan nimani xohlasangiz, bahs qilaveringlar, faqat toifaçilik muşkuloti kelib çiqmasligi uçun har kim öz diniy kitobidan dalil keltirmasa, böldi”, – degani ham dinlar örtasidagi yaxşi munosabatni şakillanişiga asos bölib hizmat qiladi.
Tarixdan bu kabi asl misollarni islom tarixidan ham boşqa dinlar tarixidan ham juda köplab keltiriş mumkin.
Islomning boş manbalrida ta'kidlangan hamda Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) tamonidan qanday amal qilinişi ifoda etilgan körsatmalar bugungi kunimizga qadar davom etib kelmoqda. Jamiyatimizda turli konfetsiya vakillarning tinç-totuv hayot keçirişi, dinlar orasida hamjihatlik tamoyillarini qöllab-quvvatlovçi döstona muloqotlar qilinişi qadimiy an'analarimizning doimiy barqarorligiga dalolat qiladi.
Xulosa örnida şuni aytib ötişni özimizga qaror qildik, uşbu kiçkina maqolada bugungi kunda insoniyat e'tiqod qilib kelayotgan dinlarning qay biri haq va qay biri nohaq ekani yuzasida mulohaza yuritmadik. Ularning qaysi biriga ergaşiş lozim hamda qaysi biri başariyat uçun manfaatliroq ekani xususida ham bahslar qilinmadi, balkim, dinlar tarixini örganişda bağrikenglik, dinlararo totuvlik tamoyillarining hayotimizdagi ahamiyati uning tutgan örnini atrofliça öranib çiqdik. Uşbu işimiz foydadan holiy bölmas deb umid qilaman.