Bitkoin, notkoin va boşqa şu kabi kriptavalutalarda savdo-sotiq qiliş Islom dinida şar’an joiz hisoblanmaydi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ma’lum qildi.

“Kriptovaluta bu – tranzaksiyalarni himoya qiliş va yangi birliklarni yaratişni nazorat qiliş uçun kriptografiyadan foydalanadigan raqamli yoki virtual valuta. Kriptovalutalar bank yoki hukumat kabi markaziy hokimiyat tomonidan tartibga solinmaydi, aksinça ular markazlaştirilmagan, ya’ni ular kompyuterlar tarmoği tomonidan boşqariladi.

Şariatimizga köra kriptovalutalarni özaro ayirboşlaş va ular bilan savdo-sotiq qiliş joiz emas. Çunki uşbu kriptovalutalarda şariatimiz tomonidan pulga qöyilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat işlab çiqarmagani yoki rasman tan olmagani, ularning narxini keskin özgaruvçanligi hamda unda qimor alomatlari borligi uning harom ekaniga asos böladi.

Dinimiz qoidalariga köra tilla va kumuş asl puldir. Qolgan körinişdagi pullar ularning örinbosarlaridir. Ular turli körinişda, jumladan, elektron bölişi ham mumkin. Lekin ular pul deb hisoblanişi uçun bir qança şartlarga javob berişi kerak. “Raqamli pullar” yoki “virtual pullar” deyilayotgan, naqd körinişda mavjud bölmagan kriptovalutalar pulning quyidagi talablariga javob bera olmaydi va ba’zi xatarlarga ega:

1. Kriptovalutalarda pul böliş talablari topilmaydi

Pul – tilla va kumuş yoki ularning örnini bosuvçi, ma’lum bir qiymatga ega bölgan, hukumat tarafidan tan olingan va kafolatlangan hamda insonlar orasida özaro ayirboşlaş vositasi sifatida muomalaga kiritilgan narsa (valuta)dir ("Al-Mavsuatul fiqhiyya al-Kuvaytiyya" kitobi).

2. Pul çiqariş davlatning haqqidir

Hozirda maşhur bölgan kriptovalutalarning birortasini ham rasman davlatlar çiqarmagan. Aksarining egalari noma’lum, nari borsa bir-ikki şaxsdir. Dinimiz qoidalariga köra pulni davlat işlab çiqaradi. Uni har kim işlab çiqarişga haqqi yöq.

3. Pulni hamma qabul qilgan, uni işlatişga hammaning imkoniyati bölişi kerak

Kriptovalutalar ma’lum bir tizimga ulangan kişilargina işlata oladi va hozirda hamma uni muomala uçun qabul qilmaydi. Şu jihatda u hali töliq pulga aylanmagan. Savdo-sotiqda mahsulot (tovar) uçun tölanadigan narsa pul yoki tovar bölişi lozim. Pullikka yaramaydigan narsa bilan tölov qilinsa, bu savdo durust bölmaydi va bekor böladi. Undan olingan foyda ham halol ekani şubha ostida qoladi.