Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini Tramp siyosiy qarashlarining xavfi xususida fikr yuritdi
Foto: © AP
Yevropa Ittifoqi xavfsizlik va tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerinining bayonot berishicha, Donald Trampning siyosiy ustuvor yo‘nalishlari AQShni Yevropa asosiy prinsiplaridan voz kechishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
«Hamkorlikni davom ettirish — tomonlar manfaatiga javob beradi, ammo, Trampning siyosiy ustuvor qarashlari Amerikani Yevropaning asosiy qadriyatlaridan voz kechishiga olib kelishi ehtimol», — degan Mogerini.
Shu bilan birga, Mogerinining qo‘shimcha qilishicha, Tramp o‘z siyosatini hali namoyish etgani yo‘q, faqat shundan keyingina, Yevropa va Amerika manfaatlari qaysi sohalarda mos kelishini aytish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining so‘zlariga ko‘ra, YeIning Ukraina muammosiga nisbatan siyosati Vashingtonda aniqlanmaydi. Uning aytishicha, Yevropaning Ukrainaga nisbatan siyosati, AQSh rahbariyati o‘zgarganidan keyin ham hozirgidek qoladi.
«Bizning Ukrainaga nisbatan siyosatimiz o‘zgarmaydi va u Vashingtonda belgilab berilmaydi. So‘nggi yillarda biz Vashington bilan o‘zimiz va hamkorlarimizga foyda keltiruvchi samarali va amaliy hamkorlik qildik», — degan Mogerini.
Mavzuga oid
07:55
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026