Jahon | 21:04 / 13.11.2016
5429
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada sunami xavfi tufayli odamlar evakuatsiya qilinmoqda

Foto:Supplied

Yangi Zelandiyada kuchli zilzila yuz bergandan keyin uning poytaxti – Vellington shahrida odamlar sunami yuz berishi xavfi tufayli evakuatsiya qilinmoqda, deb xabar bermoqda Stuff.co.nz.

Ta'kidlanishicha, evakuatsiya hukumat mamlakatning barcha sohilbo‘yi hududlariga sunami yopirilishi mumkinligidan ogohlantirgandan keyin boshlangan. 

Mamlakatning turli hududlaridan vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar kelmoqda. Kuchli yer silkinishlari Kraystcherch, Vellington, Nelson, Gamilton, Oklend shaharlarida va Malboro, Taranaki viloyatlarida sezilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid