Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada 1,5 metr balandlikka ko‘tariluvchi yangicha uylar qurilishi kutilmoqda
Buyuk Britaniyaning ba'zi hududlari suv toshqini va boshqa tabiiy hodisalar xavfi sabab, turar-joy qurishga moslashmagan. Biroq mamlakatdagi uylar bahosining qimmatligini hisobga olib, quruvchilar bu hududlarda ham uylar bunyod qilishga yordam berish usullari ustida jiddiy bosh qotirishmoqda. Bu haqida newatlas.com'da ma'lum qilindi.
Larkfleet Group me'morchilik kompaniyasi Elevating House nomi ostida Angliyaga xos bo‘lgan ikki qavatli, uch yotoqxonali oilaviy uylar qurilishini taklif qilishga tayyor. Yangi uylarning siri shundaki, ular suv toshqini paytida uyni ko‘taruvchi maxsus mexanizm va jihozlar bilan ta'minlangan.

Suv toshqini haqida signal kelib tushishi bilan dvigatel hamda mexanik tizim ishga tushadi, qarabsizki, 65 tonnali uy 5 daqiqa ichida 1,5 metr balandlikka ko‘tariladi. Uy egalari esa xavfsizlik maqsadlarida uni tark etishlariga to‘g‘ri keladi. Elevating House ko‘tarinki holatda turganida tomdagi quyosh panellari va akkumulyatorlar tizimi kafolatlangan elektr ta'minotini yetkazadi, kanalizatsiya va suv quvuri moslashuvchan shlanglar tufayli o‘z faolligini saqlab qoladi.
Suv o‘z joyiga tushishi bilan, Elevating House qayta joyiga tushishi uchun uy egalari uning ostidagi hududni suv toshqinidan keyin qolgan chiqindilardan yaxshilab tozalashlari kerak bo‘ladi. Larkfleet Group loyihasi tasdiqdan o‘tsa, birinchi yangi uy 2017 yilning boshidayoq quriladi. Biroq ommaviy qurilishlarga hali vaqt bor. Ilk namunalar 5 yillik test-drayvdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026