Jahon | 07:37 / 14.11.2016
4039
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada hukumatning iste'foga ketishi e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov mamlakat prezidenti saylovlarida yetakchi "Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi uchun" partiyasi nomzodi Tsetska Tsachev mag‘lubiyatga uchragandan keyin, mamlakat hukumati iste'foga ketishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, ovoz berishning 2-bosqichida sotsialistlar partiyasi boshchiligidagi tashabbus qo‘mitasi ilgari surgan nomzod – general Rumen Radev yetakchilik qilmoqda.

Ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, Radev 58,4 foiz, uning raqibi Tsachev 35 foiz ovoz to‘plagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid