Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga çiqiş niyati borligini ma’lum qildi. Duşanba, 19 yanvar kuni keçqurun xalqqa televizion murojaat qilib, u “oxirgi marta” mamlakat prezidenti sifatida fuqarolarga murojaat qilayotganini aytdi va ertasi kuni — 20 yanvarda iste’fo töğrisida ariza topşirişini bildirdi.

Rasman, prezidentning iste’fo haqidagi iltimosi Konstitutsiyaviy sud tomonidan körib çiqilişi kerak. Sud uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatişi mumkin. Şu paytga qadar Radev öz vazifalarini bajarişda davom etadi. Iste’fo qabul qilingaç, davlat rahbari vazifalari vitse-prezident Iliyana Yotovaga ötadi.

Radev murojaatida Yotova “prezident vazifasini munosib bajaruvçi” bölişiga işonç bildirdi. “Oldimizda vatanimiz kelajagi uçun kuraş turibdi, va men işonamanki, biz uni sizlarning barçangiz — munosib, ruhlantirilgan va sobitqadam insonlar bilan birga qarşi olamiz!” — dedi Radev.

Rumen Radev Bolgariya prezidenti lavozimini ketma-ket ikki muddat, 2017 yildan beri egallab kelgan. Iste’fo haqidagi bayonot Bolgariyada dekabr oyida boşlangan norozilik namoyişlari tölqini fonida yangradi. Namoyişlarga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab bölgan: ularning birida hukmron koalitsiya deputatlari “Lukoyl”ning mahalliy aktivlariga daxldor qonunni atigi 26 soniya içida qabul qilgani aks etgan, boşqa videoda esa tuşlik tanaffusida ötkazilgan bahsli budjet loyihasi böyiça ovoz beriş körsatilgan.

11 dekabr kuni namoyişlar avj olgan paytda Bolgariya boş vaziri Rosen Jyelyazkov iste’foga çiqqan edi. Bolgar ommaviy axborot vositalari Radev öz siyosiy partiyasini tuziş va şu yil ötişi kerak bölgan muddatidan oldingi parlament saylovlarida qatnaşiş uçun prezidentlikdan ketişi mumkinligi haqida yozgan.