Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini YeIning Rossiya bo‘yicha pozitsiyasiga fikrlarini bildirdi
Foto: © AP
YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonot berishicha, mabodo AQSh Rossiya bilan munosabatlari bo‘yicha o‘z nuqtainazarini o‘zgartirgan taqdirda ham, YeI bunday qilmaydi. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
«Rossiyaga keladigan bo‘lsak, bilasizmi, YeI Qrimning qo‘shilishi va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qat'iy pozitsiyani egallagan. Bu boshqalarning siyosati o‘zgarishi ehtimoliga qaramay, shunday qoladi», — degan Mogerini. U jurnalistlarning Donald Tramp g‘alabasidan so‘ng, AQSh va Rossiya munosabatlarining o‘zgarishi YeI qarashiga naqadar ta'sir qilishi mumkin?, degan savoliga shunday javob bergan.
Bunda, Mogerinining qayd etishicha, YeI «Rossiya bilan muloqot qilmoqda va ko‘pgina masalalar, jumladan Eron yadro kelishuvi, Yaqin sharq tinchlik jarayoni, Liviya va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha birgalikda ishlamoqda».
Uning aytishicha, YeI va Rossiya, garchi ayrim masalalarda tomonlarning qarashi keskin farq qilishiga qaramay, ma'lum bir darajada Suriya masalasida ham hamkorlik qilmoqda.
Avvalroq, Federika Mogerini bayonot berganidek, YeIga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari AQShning bo‘lg‘usi ma'muriyati bilan ishlashga tayyorliklarini bildirishgan.
Mavzuga oid
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56
Xerson oblastining Rossiya tayinlagan «gubernatori» Ukrainani mehmonxonaga zarba berishda aybladi
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026