Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xorijiy davlatlar vakillariga Moskvada 9 may munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ishtirok etishdan voz kechishni tavsiya qildi.
«Rossiyaga yaqin bo‘lgan ba’zi davlatlar vakillari bizga murojaat qildi, ular Moskvaga bormoqchi. G‘alati istak... shu kunlarda. Biz buni tavsiya qilmaymiz», dedi Zelenskiy 7 maydagi murojaatida.
Ukraina prezidenti Kiyev avvalroq Moskvaga 6 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilganini, «lekin bizning tinchlik taklifimizga javoban faqat Rossiyaning yangi zarbalari, Rossiyadan yangi tahdidlar bo‘lganini» ta’kidladi.
«Ular Ukrainadan yiliga bir marta maydonga bir soat xavfsiz chiqish va keyin yana odamlarimizni o‘ldirish va jang qilish uchun o‘z paradini o‘tkazishga ruxsat so‘ramoqda. Rossiyaliklar allaqachon 9 maydan keyingi zarbalar haqida gapirmoqda. Rossiya rahbariyatining g‘alati va aniq noadekvat mantiqi», dedi u.
Moskvadagi 9 may paradida Belarus, Malayziya, Laos, qisman tan olingan Abxaziya va Janubiy Osetiya rahbarlari ishtirok etmoqchi.
Rossiya avvalroq 8 may soat 00:00 dan 10 maygacha bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. Bunga javoban Ukraina 6 maydan «sukunat rejimi»ni joriy etishni taklif qildi, biroq Rossiya bu taklifni qabul qilmadi va Ukrainaga zarba berishda davom etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi, agar Ukraina Moskvadagi G‘alaba bayramini buzishga harakat qilsa, Rossiya qo‘shinlari «Kiyev markaziga ommaviy raketa hujumi uyushtirishi» bilan tahdid qildi.
9 mayga tayyorgarlik fonida Rossiyaning 20 dan ortiq shaharlari rasmiylari G‘alaba paradini o‘tkazishni bekor qildi, Moskva va boshqa bir qator shaharlarda paradni harbiy texnikalarsiz o‘tkazishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
17:50
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026