07:08 / 14.11.2016
9597

JCh-2018. Saralash. Yevropa. Yunoncha jasorat, Bryusseldagi gollar «yomg‘iri»

Yevropada jahon chempionati uchun davom etayotgan saralash bahslarida kurash qizg‘in kechmoqda. Kunning ikkinchi qismiga mo‘ljallangan o‘yinlar ham buni tasdiqlab turibdi.

Ayniqsa Gretsiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalari dramatik ruhda kechganini e'tirof etish lozim. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 5 daqiqa tugashiga 15 soniya qolganda ham Bosniya terma jamoasi o‘zi uchun juda muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritib turgandi, biroq aynan shu paytda Tsavelas haqiqiy yunoncha jasorat ko‘rsatib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi golga mualliflik qildi.

Ronaldu sardorligidagi Portugaliya terma jamoasi esa Latviya terma jamoasidan yirik hisobda ustun kelib, ochkolari sonini 9taga yetkazib oldi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etish bilan birga penaltilardan birini noaniq amalga oshirdi. Portugallar ochko yo‘qotish nimaligini bilmayotgan Shveytsariyaning ta'qib etishda davom etishmoqda.

Yana ochko yo‘qotish nimaligini bilmay kelayotgan Belgiya terma jamoasi bu safar bu an'anasini davom ettirdi. Faqat jamoa bu gal darvozasidan saralash bosqichidagi ilk golni olib chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq bu golga Martines shogirdlari 8ta gol bilan javob berishdi. Belgiya 12 ochko bilan o‘z guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

JCh-2018. Saralash

Yevropa

Portugaliya – Latviya 4:1 (1:0)

Gollar:1:0 – 28, penalti Ronaldu, 1:1 – 67 Zyuzin, 2:1 – 69 Vilyam Karvalyu, 3:1 – 85 Ronaldu, 4:1 – 90 Alvesh.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Fonte, Gerreyru, Joau Kanselu, Alvesh, Joau Mariu (Jyelson Martinsh, 72), Vilyam Karvalyu, Andre Gomesh (Sanshesh, 88), Nani (Kuarejma, 65), Ronaldu, Andre Silva.

Gretsiya – Bosniya i Gertsegovina 1:1 (0:1)

Gollar: 0:1 – 32, avtogol Karnezis, 1:1 – 90+5 Tsavelas.
Chetlatishlar: Djyeko (79, Bosniya), Papadopulos (79, Gretsiya).

Belgiya – Estoniya 8:1 (3:1)

Gollar: 1:0 – 8 Mene, 2:0 – 16 Mertens, 3:0 – 25 Azar, 3:1 – 29 Aner, 4:1 – 62 Ferreyra Karrasko, 5:1 – 64, avtogol Klavan, 6:1 – 67 Mertens, 7:1 – 83 Lukaku, 8:1 – 88 Lukaku.

Belgiya: Kurtua, Mene, Vertongen, Siman, Dendonker, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko, Azar (Miralyas, 73), Vittsel (Simons, 88), Mertens (Tilemans, 79), Lukaku.

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top