Iqtisodiyot | 15:31 / 15.11.2016
6050
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini tushirdi

Foto: Dixinews.kz

Qozog‘iston respublikasi Milliy banki (Markaziy banki) qayta moliyalash stavkasini 12 foizga pasaytirish hamda +/-1 foizlik yo‘lakni saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Ic24.kz sayti. 

Endilikda, likvidlikni taqdim etish bo‘yicha amalga oshiriladigan amaliyotlar bo‘yicha stavka 13 foizni, likvidlikni olish bo‘yicha – 11 foizni tashkil etadi, deya ta'kidlagan Markaziy bank raisi Daniyar Akishev Ostonada o‘tkazgan matbuot brifingida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qayta moliyalash stavkasini pasaytirish qarori inflyatsiyaning o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lib, Milliy bank prognozlariga to‘la mos keladi. 

Qozog‘iston Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha navbatdagi qarori 2017 yil 9 yanvarda e'lon qilinadi. 
 

Mavzuga oid