Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ommaviy hojatxonalar Tramp deb nomlanayapti. Xo‘sh, nega?
Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan hojatxonalarda AQShning yangi prezidenti Donald Trampning ismini uchratish mumkin. New York Times gazetasi nega Xitoyda AQSh davlat rahbari aynan shu joyda tilga olinayotganiga oydinlik kiritdi.
Xitoyda yuqori texnologik hojatxonalar asoschisi Chjuna Tsziyening so‘zlariga ko‘ra, u o‘z kompaniyasini 2002 yilda Shenzhen Trump Industrial Company nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan. U o‘shanda Donald Tramp kimligini hatto xayoliga ham keltirmagan. Uning tushintirishicha, “tramp” deb eshitiluvchi iyerogliflar, “innovatsiya bo‘ylab” deb tarjima qilinadi.
— Biz rostdan ham Tramp kim ekanligini bilmaganmiz. Bu ochiq-oydin tasodifdir, — dedi Chjun Tsziye.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026