AQŞ prezidenti Donald Tramp Axios naşriga bergan intervyusida Eronda hokimiyatga Möjtabo Xominaiy kelişini qöllab-quvvatlamasligini va mamlakatning yangi rahbarini tanlaşda şaxsan iştirok etiş niyati borligini bildirdi. Intervyu 5 mart, payşanba kuni e’lon qilindi.

«Ular vaqtni bekor sarflayapti. Xominaiyning öğli — arzimas odam. Men tayinlaş jarayonida iştirok etişim kerak, xuddi Venesuelada Delsi (Rodriges) bilan bölgani kabi», — dedi Tramp Axios’ga bergan intervyusida.

AQŞ prezidentining sözlariga köra, 56 yoşli, aviahujumlar natijasida halok bölgan oliy rahbarning öğli Vaşington uçun «qabul qilib bölmaydigan nomzod». Şuningdek, avvalgi siyosatni davom ettiradigan boşqa har qanday voris ham maqbul emas. Aks holda, Trampning ta’kidlaşiça, AQŞga «beş yildan keyin yana urişişga töğri keladi».

Tramp avvalroq bu lavozim uçun «juda yaxşi uç nomzod» borligini aytgan, ammo ularning ismini oçiqlamagan.

Tramp, şuningdek, agar Tehron Vaşington bilan hamkorlik qilişni boşlasa, Eron hukumatining köpçilik a’zolari öz lavozimlarida qolişi mumkinligini aytdi — bu Venesuelada bölgani kabi bölişi mumkin. Uning fikriça, yangi rahbar «Eronga uyğunlik va tinçlik olib kelişi» kerak.

Möjtabo Xominaiy 28 fevral kuni otasi halok bölganidan keyin Eronning oliy rahbari lavozimiga asosiy nomzod bölib qolmoqda. Yangi rahbarni 88 nafar ulamodan iborat ekspertlar assambleyasi saylaşi kerak. Uning prezidiumi a’zosi Mahmud Rajabiy 4 mart kuni bu jarayon allaqaçon boşlanganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, Eron muxolifat naşri Iran International Möjtabo allaqaçon saylanganini iddao qildi. Isroil esa avvalgi siyosatni davom ettiradigan har qanday yangi Eron rahbarini «yöq qiliş uçun nişon» deb hisoblaşini bildirdi.

The New York Times manbalari ta’kidlaşiça, hokimiyatning otaning öğliga ötişi şia ruhoniylari orasida ma’qullanmaydi va Möjtaboning tayinlanişi mamlakat içida norozilikka sabab bölişi mumkin.

Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi Eronda rejim almaşişi ehtimolini şubha ostiga qöymoqda.

Reuters manbalariga köra, muxolifatning hokimiyatga keliş ehtimoli juda past deb baholanmoqda. Çunki mamlakatning siyosiy va harbiy tizimining asosini Islom inqilobi muhofizlari korpusi taşkil qiladi va uning vakillari öz imtiyozlaridan ixtiyoriy ravişda voz keçişi ehtimoli kam.