Jahon | 09:36 / 16.11.2016
5362
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Merkel to‘rtinchi marta kansler lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yadi

© Jochen Zick - Pool/Getty Images

Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimiga to‘rtinchi marta o‘z nomzodini qo‘yadi. Bu haqida CNN telekompaniyasi Bundestagning tashqi ishlar qo‘mitasisi raisi Norbert Rettgenning so‘zlariga asoslanib, xabar berdi. Rettgen Merkel boshchiligadgi Xristian-demokratik ittifoq  (XDI) partiyasining vakilidir. GFR kansleri 2017 yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan Bundestagdagi saylovlar yakunlari bo‘yicha aniqlanadi. 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Merkel saylovlarda yana bir bor o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilgan, chunki u dunyoda G‘arbning rolini kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi. 

"U (Merkel) kansler lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yadi, - dedi Norbert Rettgen. - Merkel qat'iyatga to‘la, u xalqaro liberal tartibni kuchaytirishga o‘z hissasini qo‘shishni istaydi va u unga tayyor". 

Shuningdek Rettgen bu yo‘lda kansler AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirayotganiga ishora qildi. 

GFR vazirlar mahkamasida bu ma'lumotni tasdiqlashmadi. "Bunday savol bilan XDIning matbuot xizmatiga murojaat qiling", - deya javob berishgan hukumatda. 

Angela Merkel 2005, 2009 va 2013 yillarda Bundestagdagi saylovlarda g‘alaba qozongan. Germaniyadagi kelasi parlament saylovlari 2017 yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid