Berlinda Bundestagga navbatdan taşqari saylovlarda kanslerlikka tört nomzod örtasida teledebatlar bölib ötdi. Muhokama 16 fevral, yakşanba kuni ovoz berişdan bir hafta oldin bölib ötdi. Uni RTL va n-tv telekanallari efirga uzatdi.
Germaniya tarixidagi birinçi Quadrell
Germaniya tarixida ilk bor teledebatlarda kanslerlikka tört nafar nomzod iştirok etdi. Bahs ikki soat davom etdi va «törtlik dueli» deb tarjima qilinişi mumkin bölgan das Quadrell deya ataldi.
Unda Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan (GSDP) amaldagi kansler Olaf Şols, Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI)dan Fridrix Mers, «Germaniya uçun muqobil» (GuM) öta öng partiyasidan Alis Vaydel hamda amaldagi vitse-kansler, iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vaziri Robert Habek «Ittifoq-90»/«yaşillar»dan qatnaşdi. Bahsni teleboşlovçilar Pinar Atalay va Gyunter Yaux olib bordi.
GuM diqqat markazida
Teledebatda Vaydel özining asosiy raqobatçilari bilan birinçi marta şaxsan uçraşdi. U ularni «mamlakatdagi barça muammolar»da aybladi. Şols Germaniyadagi «an’ana» haqida gapirdi: «Biz milliy sotsializm tajribasidan örgandik: öta önglar bilan hamkorlik qilmaslik». U 29 yanvar kuni Bundestagdagi ovoz beriş natijasini yana bir bor tanqid qildi, öşanda GuM XDI/XSI rezolyutsiyasini qöllab-quvvatladi.
Vaydel GuMni milliy sotsialistlar bilan soliştirişni «mojaroli» va «millionlab saylovçilarni haqorat qiliş» deb atadi. Mers XDI/XSI GuM bilan hamkorlik qilmasligiga va’da berib, uni «öng radikal partiya, asosan öng ekstremistik» deb atadi.
Habek Jyey Di Vensning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqida GuMni qöllab-quvvatlaganiga işora qilib, «şubhali vitse-prezidentlarning saylov tavsiyalari» haqida gapirdi. Mers, şuningdek, AQŞ vitse-prezidentini GuM boykotini töxtatişga çaqirgani uçun tanqid qildi.

















