Jamiyat | 19:53 / 16.11.2016
8595
2 daqiqa o‘qiladi

Oksford lug‘ati yil so‘zini ma'lum qildi

Foto: Caleb Jones / AP

Oksford lug‘ati post-truth so‘zini yil so‘zi sifatida e'tirof etdi, bu so‘z inglizchadan tarjima qilinganda "keyingi haqiqat" deganini anglatadi. Bu haqda Oxford University Press nashri xabar bermoqda.

Oksford lug‘atiga ko‘ra, bu so‘z "jamoatchilik fikrini shakllantirishda obektiv faktlar his-tuyg‘ular va shaxsiy fikrlarga chorlashda kamroq muhimroq bo‘ladigan vaziyatlarni ta'riflaydi yoki belgilaydi". Oxford University Press’ning ta'kidlashicha, "keyingi haqiqat g‘oyasi" oxirgi o‘n yil ichida mavjud bo‘lsada, biroq lug‘at mualliflari bu so‘zga iyunda o‘tgan Brexit bo‘yicha referendum va noyabrda o‘tgan AQSh prezidentligi saylovlaridan keyin qiziqish avj olganini payqaganlar.

Lug‘at tuzuvchilarining aytishicha, "keyingi haqiqat" so‘zi 1992 yilda Fors ko‘rfazidagi ixtilof haqida yozgan, serb-amerika dramaturgi Stiv Tesichning matnida o‘zining zamonaviy ma'nosida birinchi marta qo‘llangan.

2016 yilning so‘zlariga da'vogar so‘zlar orasida, shuningdek, "breksiter" (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini yoqlovchi odam), "uyg‘ongan" (jamiyatdagi nohaqlik haqida ogohlantirish) va daniyaliklar tilidan olingan "xyugge" ("naqadar yoqimtoy") so‘zlari bo‘lgan. 

2015 yilda Oksford lug‘ati yil emodzisi sifatida 😂 belgisini e'tirof etgandi. Bu belgi rasman "quvonch yoshlari oqayotgan yuz" deb atalgan. Lug‘at emodzini elektron aloqa vositalarida g‘oya yoki his-tuyg‘uni ifodalash uchun qo‘llanadigan kichik raqamli tasvir yoki ikonka sifatida ta'riflaydi. Bu so‘z yaponcha 絵 — surat va 文字 — belgi so‘zidan tuzilgan.

 

Mavzuga oid